Turkiyaga ketayotganlar diqqatiga: narxlar keskin oshyapti

Olam

image

Turkiyaning qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi bugun, 7 iyuldan boshlab 20 foizga, chet eldan olib kelingan mobil telefon uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi esa uch barobardan oshib, 766 dollarga ko‘tarildi. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yuqoridagilarni nazarda tutuvchi farmoni “Resmi Gazete”da e’lon qilindi. 

Turkiyada asosiy QQS stavkasi avval 18% edi. Turizm, qurilish, ishlab chiqarish sanoati sohalaridagi kompaniyalar uni to‘lashdan ozod qilingan. Mahalliy banklar va sug‘urta kompaniyalari QQS to‘lamaydilar, lekin bank va sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha soliqlarni o‘tkazishlari shart. 

Garchi davlat QQSni go‘yo 2 foizga oshgan deb xaspo‘shlashga urinsada, aslida mamlakatda ko‘plab mahsulotlarga QQS 8 foizni tashkil etardi. 

Turkiya prezidenti, shuningdek, vizalar, pasportlar, notarial xizmatlar va yashash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni 50 foizga oshirishni buyurdi. 

Mahalliy OAVning eng hayratlanarli xabari xorijdan olib kelingan mobil telefonni ro‘yxatdan o‘tkazish tarifining oshirilishi bo‘ldi. U 6091 turk lirasidan 20 mingga (233 dollardan 766 dollarga) ko‘tarildi. “Sözcü” telekanali tariflarning oshishini Turkiyaning yangi hukumatining iqtisodiyotni liberallashtirish siyosati bilan bog‘lamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing