Turkiyaga ketayotganlar diqqatiga: ayrim karantin cheklovlari bekor qilindi

Olam

image

Ko‘plab mamlakatlar singari Turkiya ham koronavirus bilan bog‘liq karantin cheklovlarini yengillashtirmoqda. Unga ko‘ra, endi mamlakatda ko‘chada majburiy niqob taqish shart emas. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ma’lum qilgan. 

"Biz endi ko‘chada niqob kiyishimiz shart emas", deydi Koja Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha ilmiy kengash yig‘ilishidan keyingi brifingda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar etarli shamollatish va ijtimoiy masofani saqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, yopiq joylarda himoya vositalaridan foydalanish zarurati ham yo‘qoladi. 

"Ammo niqoblar kundalik hayotimizdan uzoqlashmaydi, zarurat tug‘ilganda taqish uchun ularni o‘zimiz bilan olib yurishimiz kerak", deya qo‘shimcha qildi vazir.

Shuningdek, mamlakatda HES-kod tizimi ham bekor qilinmoqda. Ushbu maxsus dastur orqali Turkiya fuqarolari va mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar onlayn platformada ro‘yxatdan o‘tib, jamoat joylari, yirik do‘konlarga ushbu kodni tasdiqlatgan holdagina kiritilayotgan edi. 

“Odamlar endi binolarga kirishda yoki tadbirlarga borishda buni ko‘rsatishga hojat qolmaydi”, deydi vazir. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 martidan e’tiboran O‘zbekistonda ham ochiq havoda niqob taqishga bo‘yiqa qoida bekor qilingan edi. Epidemik vaziyatdan kelib chiqib, fuqarolarning ijtimoiy masofani saqlash qiyin bo‘lgan joylari (jamoat transporti, metro, avtobus, tramvay, yirik savdo do‘konlari, bozorlar, ta’lim muassasalari, davlat va nodavlat idoralarda, masjid, sport majmualarida, teatr, kinoteatr, muzey, san’at saroyi va maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari)da niqob taqish majburiyligini istisno qilinadi. Niqob taqish haqidagi talab faqat tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing