Turkiyaga fohishalik uchun olib ketilayotganlar ushlandi

Olam

image

Samarqand aeroportida Turkiya davlatiga fohishalik maqsadida ketayotgan 2 ayol ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, odam savdosiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatida yashovchi 22 va 36 yoshli ayol Turkiya Respublikasiga shahvoniy ekspluatatsiya, fohishalik maqsadida ketayotgan vaqtida Samarqand xalqaro aeroportida to‘xtatib qolingan.

Aniqlanishicha, ularning chiptalari va boshqa xarajatlari Turkiyada bo‘lib turgan, 1984 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik ayol tomonidan qoplab berilgan.

Holat yuzasidan ushbu ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Baliqesir viloyati Ayvalik tumanida politsiya tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab, vositachilik qilgani aniqlangan 3 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlangan 3 nafar chet el fuqarosi bo‘lgan ayollar qutqarilgani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

fohishalik Turkiya olib ketilayotganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing