Turkiyadan boshqalar tan olmagan davlat TDTga kuzatuvchi bo‘lib qo‘shildi
Olam
−
11 noyabr 2022
13674Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (O‘zbekiston tomonidan tan olinmagan) Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)da kuzatuvchi davlat maqomini oldi. Bu haqdagi qaror TDT davlat va hukumat rahbarlarining Samarqandda bo‘lib o‘tgan IX sammitida qabul qilindi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bugun, 11 noyabr kuni Twitter’da yozdi.
Vazir, Anqaraning Shimoliy Kipr Turk Respublikasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishda qat’iyligini ta’kidlagan.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi faqat Turkiya tomonidan tan olingan davlat va uning iqtisodiy, siyosiy va harbiy yordamiga juda bog‘liq. Turkiya Shimoliy Kipr ko‘magida o‘z qo‘shinlari kontingentini Shimoliy Kiprga joylashtirmoqda. Kipr Respublikasi va BMT uni bosqinchi kuch deb hisoblaydi. Respublika Islom Hamkorlik Tashkilotiga kuzatuvchi sifatida a’zo.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi aholisi taxminan 294 906 kishi bo‘lib, 3355 km² maydonda yashaydi. Aholining katta qismini etnik turklar tashkil etadi. Ularning anklavlarida qolgan kipr yunonlari va livanlik maronitlar ham yashaydi. Shimoliy Kipr Respublikasi poytaxti Kipr Respublikasi va Shimoliy Kipr Respublikasi o‘rtasida bo‘lingan Lefkosa (Nikosiya) shahri.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Kiprning qolgan qismidan bufer zona bilan ajratilgan. Orolni ikki sektorga ajratuvchi chiziq Kiprdagi BMT tinchlikparvar kuchlari kontingenti tomonidan qo‘riqlanadi.
LiveBarchasi