Turkiyadagi zilzilada jarohatlangan 11 o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelinyapti
Jamiyat
−
09 fevral 2023
10297Turkiyadagi sodir bo‘lgan dahshatli zilzilada jarohatlangan 11 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelinmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiyaning Hatay viloyatidagi qidiruv-qutqaruv jarayonlariga jalb etilgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar o‘z ishini davom ettirmoqda.
Oxirgi soatlar mobaynida O‘zbekiston FVV xodimlari tomonidan halok bo‘lganlar vayronalar ostidan yana chiqarib olindi.
“Qutqaruvchilarimizning vayronalar ostidan olgan jasadlarining umumiy soni 50 nafarga yetdi”, deyiladi FVV xabarida.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 9 fevral O‘zbekistondan insonparvarlik yordamini Hatayga olib borgan maxsus samolyot bortida 11 o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarilyapti. Shuningdek, ushbu bortda Qirg‘izistonning 6 fuqarosi ham bor.
LiveBarchasi