Turkiyadagi zilzila qurbonlari 12 mingdan oshdi

Olam

image

Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 391 nafarga, jarohatlanganlar esa 62 914 kishiga yetdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar departamenti (AFAD) xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 6 mingdan ziyod inshootlar vayron bo‘lgan.

Shuningdek, Turkiya janubiy viloyatlarida 13 milliondan ortiq odam jabr ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali zilzila yuz berdi.

Shundan so‘ng, Turkiyaning 10 ta hududida favqulodda holat, shuningdek, mamlakatda 7 kunlik motam e’lon qilindi.

Zilziladan keyin 70 ta davlat va 14 xalqaro tashkilot Turkiyaga yordam taklif qildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi Turkiyaga jo‘natildi.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari tomonidan jami 11 nafar jabrlangan va 33 nafar halok bo‘lganlar vayronalar ostidan chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing