O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 33 jasadni olib chiqdi
Olam
−
08 fevral 2023
7909Turkiyadagi mudhish zilzila talafotlaridan qutqaruv ishlarida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham qatnashayotganidan xabaringiz bor. Hatay viloyatida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar oxirgi soatlarda 18 nafar qurbonning jasadini vayronalar ostidan olib chiqdi. Bu haqda vazirlik Matbuo xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, biroz avval O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlarining borishi to‘g‘risida yangi ma’lumotlar kelib tushgan.
“Yaqinda Hatay viloyatida vayronalarni ajratish paytida qutqaruvchilarimiz yana ikki nafar jabrlanganni tiriklayin olib chiqishdi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, so‘nggi bir necha soat ichida o‘zbekistonlik qutqaruvchilar yana 18 nafar qurbonni xarobalar ostidan olib chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari tomonidan jami 11 nafar jabrlangan va 33 nafar halok bo‘lganlar vayronalar ostidan chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun ikki o‘zbekistonlik vayronalar ostidan tirik qutqarib olingani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi