Turkiyadagi zavodda katta yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 17 aprel kuni Turkiyaning Adana shahri Sariqhamzali mahallasida joylashgan chiqindini qayta ishlash zavodida kuchli yong‘in chiqdi. Bu haqda TRT xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ertalab boshlangan yong‘in bir necha soat davom etgan va hududni quyuq tutun qoplagan. Qisqa vaqt ichida kuchaygan alanga zavodning katta qismini qamrab olgan.

Yong‘in vaqtida portlash ovoziga o‘xshash tovushlar eshitilgani aytilmoqda. Hodisa joyiga ko‘plab o‘t o‘chirish, politsiya va tez tibbiy yordam guruhlari yuborilgan.

Politsiya xodimlari hududda xavfsizlik choralarini ko‘rib, fuqarolarni voqea joyidan evakuatsiya qilgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi stadion tomi qilichbozlik bo‘yicha turnir vaqtida yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Turkiya Adana chiqindini qayta ishlash zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing