Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga muhim ogohlantirish berildi

Olam

image
Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi north_east

Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Joriy yilning 13 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi tomonidan Turkiyaning Istanbul metropolitenida turk fuqarosi bo‘lgan ayolni ruxsatsiz suratga olish holati aniqlandi. Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xabar berdi.

Ushbu harakat ayol tomonidan huquq-tartibot organlariga ma’lum qilinganidan so‘ng fuqaro qo‘lga olingan va holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan. Holat shaxsiy hayot daxlsizligini buzish sifatida baholangan. Oqibatda o‘zbekistonlik fuqaroning Turkiyada ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomasi bekor qilingan. Ayni paytda unga nisbatan ma’muriy jazo va majburiy deportatsiya choralari ko‘rilyapti.

Bosh konsulxona aralashuvi natijasida mazkur fuqaro jinoiy javobgarlikdan qutulib qolgan.

“Turkiyada bo‘lishingiz davomida mahalliy qonun-qoidalarga qat’iy rioya qiling. Begona shaxslarni ularning ruxsatisiz suratga va videoga olish yoki ularga noqulaylik tug‘diruvchi harakatlar sizga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Huquqiy muammolarga yo‘liqmaslik uchun harakatlaringizda ehtiyotkor bo‘ling”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Turkiya qonunlariga ko‘ra, boshqa shaxsni, ayniqsa ayollarni, ularning roziligisiz suratga olish yoki videoga tushirish qat’iyan man etiladi va bu jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyadagi va Turkiyaga borayotgan o‘zbekistonliklar yolg‘on ish takliflariga ishonmaslik yuzasidan ogohlantirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'zbekistonlik Istanbul metropoliteni majburiy deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing