Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Jamiyat
−
02 aprel
16597O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarni turli mitinglar, namoyishlar va ommaviy yig‘inlarda ishtirok etmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda elchixonaning Telegram-kanalida tegishli ogohlantirish e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, shu kunlarda Janubiy Koreyada mamlakat fuqarolari ishtirokida yirik namoyishlar va mitinglar bo‘lib o‘tmoqda.
Shu sababdan, elchixona mamlakatda bo‘lib turgan fuqarolarni ogohlikka, turli namoyishlar va ommaviy yig‘inlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, bo‘lib turgan mamlakat qonun-qoidalarini hurmat qilishga va mahalliy hokimiyat organlarining ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirgan.
Zarurat bo‘lgan holatda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan:
- +82 10 3213 4505
- +82 10 2909 4334
- +82 2 574 6554
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarni turli mitinglar, namoyishlar va ommaviy yig‘inlarda ishtirok etmaslikka chaqirgandi.
LiveBarchasi
Samarqand iqlim forumi boshlandi.
04 aprel
Trenddagilar




