Turkiyadagi O‘zbekistonliklar deputatlar saylovida qanday ovoz beradi?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi Turkiyada bo‘lib turgan yoki borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi. 

Unda qayd etilishicha, Turkiya hududida bo‘lib turgun O‘zbekiston fuqarolarining joriy yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari saylovda ovoz berishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. 

Mazkur saylovlarda xorijda istiqomat qilayotgan barcha vatandoshlarimiz uchun ovoz berish imkoniyati yaratiladi. Chet elda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari ham xorijda tashkil etilgan saylov uchastkalariga murojaat etadi yoki Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sahifasidan ro‘yxatdan o‘tib, saylovlarda ovoz berishi mumkin.

Xorijda vaqtincha va doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari 2019 yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga oid savollariga Markaziy saylov komissiyasining Toshkent shahrida o‘rnatilgan +99855-502-44-44 raqamli ishonch telefoni orqali javob olishlari mumkin.

Shuningdek ular “Saylov2019” mobil ilovasidan ham ma’lumotlar olishlari mumkin.

Saylov kodeksining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzilishi, ularni okrugga biriktirish to‘g‘risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etilishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Ushbu saylov uchastkalari saylovga kamida 60 kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tashkil etiladi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida tuzilgan 53 ta saylov uchastkasini tegishli saylov okruglariga biriktirilgan. Shu jumladan, Turkiyaning Anqara shahrida O‘zbekiston elchixonasi qoshida № 3 sonli, Istanbul shaharida esa, O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi huzurida № 23 sonli saylov uchastkalari tuzilgan. Mazkur ikki uchastka ham № 148 sonli Toshkentdagi Ko‘kcha saylov okrugiga biriktirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saylov

Baholaganlar

7

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing