Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari koinotdan suratga olindi
Olam
−
04 avgust 2021
6833Turkiya Mudofaa vazirligi mamlakat janubi va janubi-g‘arbidagi o‘rmon yong‘inlarining koinotdan olingan suratlarini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, suratlar razvedka-sun’iy yo‘ldoshlaridan olingan.
“Yuqori sifatli suratga olish xususiyatiga ega Göktürk-1 hamda Göktürk-2 razvedka-sun’iy yo‘ldoshlari Manavgat va Marmarisdagi o‘rmon yong‘inlari, olovga qarshi kurashning koinotdan olingan tasvirlarini taqdim etdi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Suratlarda yong‘in oqibatida zarar yetgan hududlar shuningdek kul bo‘lgan o‘rmonlar aks etgan.
Turkiya olov ichida
Joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik viloyati — Antaliya bo‘lib turibdi. To‘rt kundan beri davom etayotgan yong‘inlar oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan va 864 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti zarar ko‘rgan hududlarni falokat hududi, deb e’lon qilgan.
Qayd etish kerakki, kecha, 30 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish va ularning keng tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakatga yordam guruhlari yuborilishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi