Turkiyadagi terrorchi guruh o‘rmon yong‘inlarini uyushtirganini tan oldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb tan olingan “Olov bolalari tashabbusi” harakati mamlakatdagi o‘rmonlarda yuz berayotgani yong‘inlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Yeni Şafak” gazetasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, “Olov bolalari tashabbusi” rasmiy Anqara ekstremist tashkilot deb tan olgan Kurdiston ishchi partiyasi (PKK) bilan bog‘liq.

Tashkilot bayonotiga ko‘ra, Turkiya hukumati boshqa tilni tushunmaydi, shuning uchun “Olov bolalari tashabbusi” a’zolari uni olov bilan tiz cho‘ktirish uchun o‘rmonlarga o‘t qo‘yishgan. Turkiya rasmiylari hozircha hech qanday izoh bildirmadi.

Turkiya olov ichida

Joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik viloyati — Antaliya bo‘lib turibdi. To‘rt kundan beri davom etayotgan yong‘inlar oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan va 180 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti zarar ko‘rgan hududlarni falokat hududi, deb e’lon qilgan. 

Qayd etish kerakki, kecha, 30 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish va ularning keng tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakatga yordam guruhlari yuborilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'rmon yong'ini

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing