Turkiyadagi sanoat fabrikasida o‘zbekistonlik vafot etdimi?

3-sahifa

image

Turkiyadagi sanoat fabrikalaridan birida vafot etgan ishchining O‘zbekiston fuqarosi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vafot etgan shaxs o‘zbekistonlik emas, afg‘onistonlik ekanini ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Turkiyaning DHA nashri Duzje shahridagi sanoat zonalaridan biridagi fabrikada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda parda tikadigan mashina mexanizmi orasida qisilib qolishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani haqida xabar e’lon qilgan.

Agentlikning Turkiyadagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, DHA tomonidan e’lon qilingan xabar o‘z tasdig‘ini topmagan.

Duzje viloyati xorijiy fuqarolar mayiti saqlanadigan morg bo‘limi taqdim etgan ma’lumotlaridan DHA’da vafot etgani aytilgan shaxs Afg‘oniston fuqarosi ekani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing