Turkiyadagi sanoat hududida 10 ta fabrika yonib ketdi (video)

Olam

image

Turkiyaning Bursa viloyatida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 10 ta zavodni qamrab olgan. Bu haqda mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ineg‘ol shahri sanoat hududidagi to‘qimachilik fabrikasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay u qo‘shni zavodlar binosiga ham o‘tgan.

Yong‘inni o‘chirishga to‘rtta vertolyot va ikkita samolyot, 110 ta o‘t o‘chirish brigadasi hamda 200 nafar xodim jalb qilingan. To‘rt kishi gazdan zaharlanib shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda Bursa hokimi sanoat zonasida yong‘inning kengayishi to‘xtatilgani, nazorat ostidaligi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Anqara viloyatida joylashgan mashinasozlik va kimyo zavodida portlash sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Turkiya fabrika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing