Turkiyadagi prezidentlik saylovining 2-turida 1-turga qaraganda kam odam qatnashdi

Olam

image

Bugun, 28 may kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida saylovchilar ishtiroki 84 foizdan oshdi. Bu haqda ovozlarni sanab chiqish bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilishga vakolatli TRT telekanali xabar berdi.

TRT jadvaliga ko‘ra, saylovchilarning 84,41 foizi ishtirok etgan. 

Aytish joizki, saylovning birinchi bosqichida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 87 foizi qatnashgan. Prezident Erdo‘g‘an esa saylovchilarning ishtiroki 90% bo‘lishiga umid bildirgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar umumiy saylov uchastkalaridagi 89,81 foiz saylov qutilari ochilgan. Unga ko‘ra, amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an hozirda 52,72 foiz ovoz bilan oldinda bormoqda. Uning raqibi Qilichdoro‘g‘li to‘plagan ovozlar hozircha 47,28 foizni tashkil qiladi.  

Ma’lumot uchun, bugun, 28 may kuni keyingi 5 yil muddatda Turkiyani boshqaradigan kishini tanlash uchun butun mamlakat bo‘ylab 191 ming 885 ta saylov qutisi o‘rnatildi. Fuqorolar soat 8:00 dan ovoz berishni boshladi va soat 17:00da saylov tugadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing