Turkiyadagi portlash qurbonlari soni ortdi
Olam
−
15 Oktabr 2022
7834Turkiyaning Bartin viloyati Amasra tumanidagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan avariya qurbonlari soni 40 nafarga yetdi. Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu hodisa haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni jamoatchilikka e’lon qildi.
Konda avariya vaqtida bo‘lgan 110 kishidan 58 nafari qutqarib olingan. Bir konchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Qidiruv ishlari davom etmoqda, deydi Soylu.
Amasra mintaqasidagi shaxtalardan birida kecha, 14 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:15 da portlash sodir bo‘ldi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirining ma’lum qilishicha, 11 kishi jarohatlangan. Ulardan olti nafari Istanbulga yuborilgan, besh nafari Bartinda davolanyapti. Yaradorlarga tez yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam aviatsiyasi jalb qilingan.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an favqulodda vaziyat zonasiga yaqin orada tashrif buyurishini e’lon qilib, shanba kungi barcha tadbirlarni bekor qildi.
Bartin viloyat prokuraturasi shaxtadagi portlash yuzasidan jinoiy ish ochdi.
LiveBarchasi