Turkiyadagi mehmonxona fojiasida mashhur teleboshlovchi oilasi bilan halok bo‘ldi
Olam
−
27 yanvar
6537Turkiyaning Bolu shahridagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi “Grand Kartal” mehmonxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda turkiyalik teleboshlovchi Nedim Turkman halok bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg HT xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist oilasi bilan ta’tilda bo‘lgan. Uning rafiqasi Oysha Neva va ikki farzandi –18 yoshli qizi Ala Dora va 22 yoshli o‘g‘li Yuje Ata ham yong‘inda halok bo‘lgan. Faqat uchinchi qizi Pelin Turkman tirik qoldi. U otasining janozasida ishtirok etdi.
Turkman o‘zining iqtisodiy sharhlari va sport tahlillari bilan mashhur edi. Turkman 1966 yil 1 mayda Ordu shahrida tug‘ilgan, Anqara universitetining siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi fakultetini tamomlagan. 2019 yildan boshlab u muntazam ravishda Bloomberg HT telekanalidagi dasturlarda tahlilchi va sharhlovchi sifatida ishtirok etib kelgan.
Boludagi tog‘-chang‘i kurortidagi Kartalkaya mehmonxonasida joriy yil 21 yanvarga o‘tar kechasi dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi. Hammasi bo‘lib 78 kishi halok bo‘ldi, yana 51 kishi yaralandi.
Halok bo‘lganlar orasida bolali oilalar ham ko‘p. Jumladan, bir oilaning 14 a’zosi yong‘in qurboni bo‘ldi: Turkish Airlines xodimi Zehra Sena Gultekin, uning turmush o‘rtog‘i Bilol Gultekin, uch farzandi – Muhammad Salim, Yusuf Sinanettin va Bakir Sodıq Gultekin hamda yana to‘qqiz nafar qarindoshi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an Boluda yuz bergan yong‘in oqibatida oila a’zolarini yo‘qotgan Gultekin oilasiga hamdardlik bildirish uchun ushbu viloyatga tashrif buyurgandi. Erdo‘g‘an hamdardlik izhoridan keyin dafn marosimida ishtirok etdi va ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
LiveBarchasi
28 yanvar