Turkiyadagi kurortda yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
10:57
2163Turkiyaning Bolu viloyati Kartalkaya tog‘ kurortidagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, TRT Haber telekanali xabar berdi.
Viloyat hokimi Abdulaziz Aydin telekanal efirida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar mahalliy fuqarolar ekanini ma’lum qildi.
“6 fuqaromiz halok bo‘ldi. 31 yaralangandan 26 nafari o‘rta darajada jabrlangan, 2 nafarining ahvoli og‘ir. Halok bo‘lganlarning ikkitasi qo‘rquv va chalg‘ish sababli binodan sakrab tushgan. Yaralanganlarning umumiy holati yaxshi. Shu atrofdagi boshqa mehmonxona mehmonlarini ham ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiya qildik. Yong‘inning katta qismi nazoratga olindi. Hodisa bo‘yicha respublika prokurori tekshiruvlarni boshladi”, dedi Aydin.
Hodisa joyiga o‘t o‘chirish guruhlari va qutqaruvchilar yetib borgan. Mehmonxona mijozlarini evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 03:00 atrofida yetti qavatli mehmonxona tomida boshlangan va qisqa vaqt ichida butun binoni qamrab olgan. Mehmonxonada qancha mehmon bo‘lgani haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiyaning Most shahridagi U Kojota restoranida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi jarohat olgan. Chexiya yong‘in xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, portlashga restoran isitkichini ta’minlagan propan gaz balloni sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi