Turkiyadagi daryodan o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi

3-sahifa

image

Turkiyaning Mug‘la provinsiyasida olib borilgan qidiruv ishlaridan so‘ng bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Mahalliy huquq-tartibot idoralari ushbu hodisa yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda. Bu haqda “Cumhuriyet” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik yigit Mug‘la provinsiyasining Seydikemer tumanidagi daryoga cho‘milish uchun borgan. Oradan ancha vaqt o‘tgach, oila a’zolari yigitning uyga qaytmaganidan xavotirga tusha boshlagan.

Yigitning otasi uni mustaqil ravishda qidirishga tushib, daryo bo‘yiga borgan. U yerda o‘g‘lining qoldirib ketgan kiyim-kechaklari va buyumlarini topib, zudlik bilan 112 favqulodda yordam xizmatiga murojaat qilgan.

Xabar kelib tushganidan so‘ng, voqea joyiga jandarmeriya xodimlari, tibbiyot xodimlari, favqulodda vaziyatlar xizmati, dengiz politsiyasi va qidiruv-qutqaruv guruhlari yetib borgan. Shuningdek, suvosti qidiruv ishlarini olib borish uchun malakali g‘avvoslar jalb etilgan.

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida O‘zbekiston fuqarosining jasadi daryo tubidan topilgan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan dastlabki ko‘zdan kechirish jarayoni o‘tkazilgach, marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun morgga yuborilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu fojianing barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida rasmiy tergov harakatlari davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Turkiyada uch kun ichida to‘rt o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing