Turkiyada zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshdi

Olam

image

Turkiyada joriy yilning 6 fevral kuni ro‘y bergan zilzila qurbonlari 50 mingdan oshdi. Bu haqda bugun, 20 mart Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi rahbari Yunus Sezer ma’lum qildi. 

“O‘chog‘i Qahramonmarashda bo‘lgan zilzilalarda halok bo‘lganlar soni 50 096 kishini tashkil etdi. 107 204 kishi jabrlandi”, deydi u Anqarada jurnalistlarga bergan intervyusida.

Sezer, shuningdek, vayron bo‘lgan binolarning texnik holati va qurilish standartlariga muvofiqligi uchun u yoki bu darajada mas’ul bo‘lgan 300 dan ortiq odam hibsga olinganini bildirdi. 104 nafar pudratchi, 161 nafar usta, 15 nafar bino egasi va uylarning asl loyihasiga o‘zgartirish kiritgan 18 nafar shaxs hibsga olingan. 

6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari, so‘ng minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made