Turkiyada josuslikda ayblanayotgan rossiyaliklar 33 yilga qamalishi mumkin
Olam
−
15 fevral 2022 4949 1 daqiqa
Istanbul Bosh prokuraturasi chechen faollariga hujum tayyorlagan rossiyaliklarga nisbatan tergovni yakunladi, ularni 33 yilgacha qamoq jazosi kutayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “A Haber” telekanali xabar bermoqda.
O‘tgan yilning oktyabr oyida “Hurriyet” nashri Rossiya Federatsiyasining to‘rt nafar fuqarosi, bir nafar O‘zbekiston va bir nafar Ukraina fuqarosi Turkiyada harbiy va siyosiy josuslik, shuningdek, chechen muxolifati faollariga qurolli hujumlar tayyorlashda ayblanib, sud tomonidan hibsga olingani haqida xabar bergan edi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiyada rossiyaliklarning hibsga olingani haqida Kremlda hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytgan.
“Istanbul Bosh prokuraturasi Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti tomonidan Turkiyada chechen faollariga hujum tayyorlagan rus josuslik tarmog‘iga qarshi olib borilgan tergov nihoyasiga yetdi. 25 sahifalik ayblov xulosasi Istanbul Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborildi”, deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, so‘roqdan keyin rossiyaliklarga siyosiy va harbiy josuslikda ayblov qo‘yilgan va ular 22 yildan 33 yilgacha qamalishi mumkin.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr