Turkiyada lokdaun kimlarga taalluqli bo‘lmasligi aytildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyada 29 aprel-17 may kunlari joriy qilingan lokdaun doirasida ko‘chaga chiqish cheklovlari chet ellik sayyohlarga taalluqli bo‘lmaydi. Bu haqda Respublika Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilgan. 

"Sayyohlik faoliyati doirasida mamlakatimizda vaqtincha bo‘lib turgan chet elliklar komendantlik soati cheklovlaridan ozod qilinadi. Turkiyada yashash huquqiga ega bo‘lgan chet elliklar esa komendantlik soati cheklovlariga amal qiladi", deyilgan hujjatda. 

Qayd etilishicha, lokdaun davomida oziq-ovqat do‘konlari, bozorlar dushanbadan shanbagacha soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi. Fuqarolar ularga faqat piyoda tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. 

Shuningdek, navbatchi dorixonalar ham ishlaydi. Kafe va restoranlar faqat olib ketish va yetkazib berish xizmati uchun ochiq bo‘ladi. Mehmonxonalar restoranlari faqat u yerda yashovchilarga xizmat qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya joriy yilning 29 aprelidan 17 mayiga qadar to‘liq lokdaun holatiga qaytadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya lokdaun

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing