Turkiyada zanjirli YTH oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 40 ga yaqin kishi jarohatlandi (video)

Olam

image

Turkiyada avtobus va bir nechta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Halq TV telekanali xabar berdi

Aytilishicha, kecha, 26 may kuni TAG avtomagistralida avtobus, yuk mashinalari va yengil avtomobillar ishtirokida zanjirli YTH sodir bo‘lgan. Telekanal Mersin gubernatori Ali Hamza Pehlivanga tayanib, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani, kamida 38 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Adana shahridan harakatlanayotgan avtobus yomg‘irli havoda sirpanib ketib, ag‘darilib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Hududga o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot guruhlari jo‘natilgan. Voqea joyidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarning ayrimlarining ahvoli og‘ir.

Turkiya Adliya vaziri Yilmaz Tunch baxtsiz hodisaga izoh berib, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish har tomonlama chuqur o‘rganiladi, tergovni 3 nafar prokuror olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing