Turkiyada yigit ikki ma’shuqasining boshini kesib, keyin o‘z joniga qasd qildi (video)
Olam
−
05 Oktabr
47931Turkiyaning Istanbul shahrida 19 yoshli yigit o‘zini minoradan tashlab vafot etdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Istanbul politsiya boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, politsiya guruhlari Fotihda bir kishining shahar devorlaridan sakrab o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan tergov boshlagan. O‘rganishlar natijasida S.J. ismli 19 yoshli gumonlanuvchi shahar devorlaridan sakrab o‘z joniga qasd qilgan. Bungacha u soat 15:30 larda Eyupsultonda 19 yoshli A.H. va soat 16:00 atrofida Fotihda I.U. ismli 19 yoshli ayollarni o‘ldirgani aniqlangan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kasbi qassob bo‘lgan gumonlanuvchining joriy yilda ruhiy kasalligi tufayli 5 marta shifoxonada davolangani, ikki marta bedarak yo‘qolgani va bir marta o‘z joniga qasd qilishga uringani qayd etilgan. Gumonlanuvchi Eyupsultonda birga yashagan oilasi singlisini universitetga olib ketish uchun shahar tashqarisiga chiqqanidan keyin uyda yolg‘iz qolgan. Bu yerda sobiq sevgilisi A.H.ni boshini kesib o‘ldirgan gumonlanuvchi, keyinchalik yangi sevgilisi I.U bilan Fotihda uchrashgan.
Yigit I.U.ning ham boshini kesgan va shahar devorlari tepasiga chiqib, jasadni bo‘laklagan. Gumonlanuvchi voqeadan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan. Gumonlanuvchining o‘z joniga qasd qilishi ortidan voqea joyida politsiya guruhlari tomonidan keng qamrovli xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Guruhlar hududga jo‘natilgan o‘t o‘chirish zinapoyasi bilan devorlarga ko‘tarilib, o‘ldirilgan I.U.ning jasad qismlarini qidirgan. Gumonlanuvchi jasadni ko‘p bo‘laklarga bo‘lib, bir qismini shahar devori tepasida qoldirib, bir qismini pastga uloqtirgani aniqlangan. Voqea joyida olib borilgan surishtiruv ishlari va prokurorning tekshiruvlaridan so‘ng gumondor va I.U. ning jasadlari Sud tibbiyot institutiga olib ketilgan.
Politsiya guruhlari gumonlanuvchining birinchi qotillikni sodir etgan uyida batafsil tekshiruv o‘tkazgan. Jabrlanuvchi A.H. ning jasadi Sud-tibbiyot ekspertizasi institutiga yetkazilgan va gumonlanuvchining otasidan ko‘rsatma olingan. Otaning aytishicha, o‘g‘li avvalroq ruhiy muammolari tufayli davolangan.
Boshqa tomondan, uydagi tintuvlar chog‘ida gumonlanuvchining xonasidan qalam topilgan. Gumonlanuvchining qotilliklarni nima sababdan sodir etgani haqida hozircha hech qanday dalil bo‘lmasada, o‘ldirilgan ikki qiz ham talaba ekani aniqlangan.
Voqea yuzasidan Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan tergov ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Qorahayit shahridagi mehmonxonada sevgilisining ustiga kislota sepib o‘ldirgan erkak og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. Voqea 2022 yilning 9 may kuni Korahayit tumanidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan. O‘zg‘ur Gyunden Istanbuldan kelgan o‘zbekistonlik sevgilisi Sojida Qalandarova va uning do‘sti 25 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi Sarvinoz Xayrullayeva bilan dam olish kunlari Qorahayitdagi mehmonxonaga borgan. Aniqlanishicha, telefonini ruxsatsiz tekshirgani uchun Gyunden va sevgilisi Qalandarova o‘rtasidagi janjal mushtlashuvga aylangan. Shunda Gyunden mehmonxona qabulxonasiga borib, avval qoldirgan termosdagi kislotani olib, xonaga qaytadi.
Gyunden termosdagi kislotani karavotda yotgan sevgilisi Qalandarovaning ustiga quygan. Ayni paytda uning balkonda bo‘lgan va hayqiriqni eshitib xonaga kirgan dugonasi Xayrullayeva ham kislotadan jarohat olgan. Gyundenning o‘zi ham yaralangan. Shu payt ayollarning qichqirig‘i bilan mehmonxona xodimlari xonaga kirgan. Bu orada O‘zgur Gyunden qochib ketgan.
Xabar qilinishi bilan voqea joyiga jandarmeriya va tibbiy guruhlar yuborilgan. Jarohatlangan Qalandorova va Xayrullayeva tez yordam mashinasida Denizli davlat shifoxonasiga yetkazilgan. Badanida 3-darajali kuyish jarohati olgan Qalandarova Izmirga yuboriladi. Xayrullayeva tanasining turli joylaridan kuyish jarohatlari olgan.
Denizli viloyati jandarmeriya jinoyat tergov guruhi Gyundenni qo‘lga oladi. Izmirdagi Bozyaka o‘quv va tadqiqot shifoxonasida davolanayotgan Qalandarova esa voqeadan 38 kun o‘tib vafot etadi. Uning o‘limiga kimyoviy kuyish asoratlari sabab bo‘lgan.
Turkiya Bosh prokuraturasi tomonidan unga ayblov xulosasi tayyorlanadi. Denizli shahar 3-Og‘ir jinoyatlar sudi tomonidan qabul qilingan ayblov xulosasida O‘zgur Gyundenga qasddan badanga jarohat yetkazishi oqibatida o‘limga sabab bo‘lgani uchun 16 yil va boshqa jarohatlash aybi bilan 3 yilgacha, jami 19 yillik qamoq jazosi so‘ralgan. Sud jarayonida sudlanuvchining yana bir jabrlanuvchi Sarvinoz Xayrullayevaga nisbatan qilgan jinoyat ishi bo‘yicha materiallar alohida ko‘rib chiqildi.