Turkiyada yana zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 25 iyul kuni Turkiyaning markaziy qismida 5,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, tabiiy ofat epimarkazi 88,1 ming kishi istiqomat qiladigan Kozan shahridan (Adana viloyati) 18 km shimoli-sharqda, 12 km chuqurlikda joylashgan. 

Falokat va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila oqibatida hech kim jabrlanmagan, vayronalar ham qayd etilmagan. 

"Zilzila taxminan besh soniya davom etdi. Qurbonlar va vayronalar yo‘q. Vahima qilish uchun hech qanday sabab yo‘q", dedi Falokat va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vazirligi Xatarlarni kamaytirish boshqarmasi rahbari Orxan Tatar. 

Avvalroq seysmologlar Turkiyaning Istanbul shahri va Marmar dengizi mintaqasida 7,2-7,6 balli zilzila sodir bo‘lishini bashorat qilgani haqida xabar bergandik. Turkiya hukumati mamlakatning eng katta shahri Istanbulni bashorat qilingan zilzilaga tayyorlash niyatida. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan edi. So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘y bergan zilzila qurbonlar soni 50 mingdan oshgan. Shuningdek, mamlakatning Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi 763 000 ta binoga zarar yetgani, kamida 41 791 bino jiddiy shikastlangan yoki vayron bo‘lgani haqida ma’lumot bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing