Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik firibgar ushlandi

3-sahifa

image

Turkiyada firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga katta zarar yetkazgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xabar berdi.

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan,  1991 yilda tug‘ilgan Ahmadxon Yo‘ldoshxon o‘g‘li Ibragimov Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2023 yildan beri qidiruvda bo‘lgan. U ushlangach, Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10 yildan buyon O‘zbekistonda avtomobil savdosida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2015 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs ham Turkiyada qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing