Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 3 fevral kuni Turkiyada vertolyot halokatga uchrashi oqibatida ikki nafar uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kecha kechqurun Hatay aeroportidan G‘oziantep aeroportiga uchayotgan EM 708 rusumli vertolyot Nurdag‘i tumani Qartal qishlog‘iga qulagan.

“Qahramon uchuvchilarimizni Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin, ularning oila a’zolariga, aziz xalqimizga va politsiya bo‘limimizga hamdardlik bildiraman”, degan vazir.

Hodisa oqibatida vertolyotdagi 2 nafar uchuvchi bilan birga bo‘lgan texnik xodim jarohat olgan.

Yerliqoyaning qo‘shimcha qilishicha, Yagona havo operatsiyalari markazi vertolyot bilan oxirgi marta mahalliy vaqt bilan soat 22:49 da bog‘langan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 yanvar kuni Izmir viloyatining Dikili tumanida baliqchilar qayig‘i cho‘kib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya vertolyot uchuvchi G'oziantep

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing