Turkiyada vaziyat og‘ir. Mamlakatga komendantlik soati qaytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyaning aksariyat viloyatlarida hafta oxiridagi komendantlik soati qayta tiklanishini e’lon qildi. Bu haqda Onadolu axborot agentligi xabar bergan.  

"Koronavirusdan o‘limning ko‘payishi bizni mavjud xavfsizlik choralarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Mamlakatimiz aholisining 80 foizini tashkil etadigan 58 viloyat yana xavfli hududlarga aylandi. Ularda shanba va yakshanba kunlaridagi komendantlik soati qayta tiklandi", degan Prezident. 

Shuningdek, Prezident Ramazon oyida butun mamlakat bo‘ylab dam olish kunlari komendantlik soati joriy qilinishini aytgan. 

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ish kunlaridagi soat 21:00 dan 05:00 gacha bo‘lgan komendantlik soati saqlanib qolmoqda. 

Erdo‘g‘anga ko‘ra, komendantlik soati paytida kafe va restoranlar faqat olib ketish xizmati uchun ishlaydi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 3,24 mlndan oshgan. 31 230 nafar bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing