Turkiyada vayronkor zilzila qurbonlari soni ortib boryapti

Olam

image

Turkiyaning Izmir viloyatida sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 49 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Avvalroq qurbonlar soni 43 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

Ma’lum qilinishicha, 896 nafar jabrlanuvchining 682 nafariga shifoxonadan javob berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Egey dengizidagi 6,7 balli zilzila eng ko‘p Izmirga talafot yetkazdi. Tabiiy ofatdan Gretsiyaning Samos oroli ham zarar ko‘rdi. Shuningdek, silkinish Afina va Istanbul shaharlarida ham sezildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing