Turkiyada vafot etgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi mamlakatga olib kelindi
Jamiyat
−
16:16 1767 1 daqiqa
Avvalroq, Turkiyaning Bursa viloyatida o‘zbekistonlik 36 yoshli Oybek Niyozov to‘satdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Uning jasadi mamlakatga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona tomonidan marhumning yaqinlariga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilgan hamda vakolatli turk idoralari bilan tegishli tashkiliy masalalar muvofiqlashtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi tomonidan ko‘rsatilgan moddiy ko‘mak asosida marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelinib, yaqinlariga topshirilgan.
Bildirilishicha, marhumning o‘limi sabablari yuzasidan Turkiya vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
“Turkiya Respublikasining Bursa viloyati, Inego‘l tumanida mehnat faoliyatini olib borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, asli Xorazmlik 36 yoshli Oybek Niyozovning vafot etgani munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Mug‘la provinsiyasida olib borilgan qidiruv ishlaridan so‘ng bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan edi.
Live
Barchasi