Turkiyada o‘zbekistonliklar uchun deportatsiya bekor qilinmadi
Jamiyat
−
31 yanvar 2563 1 daqiqa
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda endi Turkiyada o‘zbekistonliklar deportatsiya qilinmasligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va gap qonuniy asoslar va aniq tartiblar doirasida legallashtirish imkoniyati haqida ketmoqda.
Ma’lum qilinishicha, noqonuniy maqomda yurish va qonunbuzarliklar uchun javobgarlik amalda qoladi.
Tushuntirilishicha, mehnat faoliyatini olib borayotgan noqonuniy maqomdagi o‘zbekistonliklar tegishli tartibda Turkiyaning migratsiya organlari yoki Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilsa, ularning maqomlarini deportatsiya qilmasdan turib, legallashtirib beriladi. Bu degani nolegal maqomda ishlab yurib, keyinchalik O‘zbekistonga qaytayotganda deportatsiya qilinmasdan mamlakatdan chiqarilasiz, degani emas.
Ma’lumot uchun, Migratsiya agentligining Istanbuldagi vakolatxonasi manzili: Levent mahallasi, Lale Sk. No8, Beşiktaş.
Aloqa: (0212) 909 08 04
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an qo‘shma bayonot hamda Keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi. Unda migratsiyaga ko‘maklashish va fuqarolarni o‘z mamlakatiga qaytarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar ham mavjud edi.
Live
Barchasi