Turkiyada o‘zbekistonlik noqonuniy dum bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Ikki nafar gumonlanuvchi 10 mingdan ortiq tulki dumini Turkiyaga olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Turkiya bojxona nazorati departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar O‘zbekiston va Gretsiya fuqarolari ekanligi aniqlangan.

Ular Moskvadan Istanbulga uchib kelgan. Shundan so‘ng, bojxonachilar yo‘lovchilarning yuklarini tekshirishga qaror qilgan.

Aniqlanishicha, fuqarolarda jami to‘rtta chamadon bo‘lgan. Ular bojxona deklaratsiyasi punktini chetlab o‘tishga urinib, chiqish tomon yo‘l olganda qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing