Turkiyada o‘zbekistonlik ayol avtohalokatda vafot etdi, yana biri og‘ir koma holatida

Jamiyat

image

Oldinroq, Turkiyaning Istanbul shahrida sodir bo‘lgan YTH oqabatida 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani haqida xabar bergan edik.

TIV Matbuot xizmati tarqatgan xabarlarga ko‘ra, yana bir o‘zbekistonlik ayol joriy yilning 11 iyun kuni Istanbul shahrida sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida halok bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, vafot etgan shaxs 1987 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Muhayyo Sherdanova bo‘lgan.

Ushbu hodisada marhumaning 1976 yilda tug‘ilgan opasi Matluba Sherdonova jabrlangan va hozirda “Qonuniy Sulton Sulaymon” shifoxonasida koma holatida qolmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni, jumladan, hodisa yuzasidan tergov jarayonini nazoratga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH TIV Turkiya

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing