Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. U “shpion”likda ayblanmoqda
Olam
−
21 Oktabr 2021
16037Turkiyada harbiy va siyosiy josuslik, shuningdek chechen muxolifatchilariga hujum tayyorlaganlikda ayblanib, to‘rt rossiyalik, bir ukrainalik va bir O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar bergan.
Olti kishining barchasi joriy yilning 8 oktyabr kuni Istanbul Bosh prokuraturasi tergovi doirasida o‘tkazilgan operatsiya davomida qo‘lga olingan.
Nashrda hibsga olinganlarning ism-familiyalari keltirilgan: rossiyaliklar Abdulla Abdullayev, Ravshan Ahmedov, Beslan Rasayev va Aslanbek Abdulmuslimov, Ukraina fuqarosi Igor Yefrim va O‘zbekiston fuqarosi Amir Yusupov.
Ta’kidlanishicha, ularni 15 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda. Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari ushbu ma’lumotlarni rasman tasdiqlamagan.
Avvalroq, Turkiya milliy razvedka tashkiloti (MRT) va politsiya sobiq eronlik harbiyni vataniga jo‘natib yubormoqchi bo‘lgan bir guruh josuslarni qo‘lga olgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi