Turkiyada to‘shak ostiga berkinayotgan ayollar ushlandi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor
Olam
−
12 dekabr 2023 16918 1 daqiqa
Turkiyaning Tekirdag shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda "EnSonHaber" xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uyushtirilgan reyd davomida jami 7 kishi ushlangan. Shundan uch nafari o‘zbekistonlik ayollar – D.E. (37 yosh), U.A. (40 yosh), O.A. (31 yosh) bo‘lgan. E’tiborlisi, operatsiya paytida ayollarning to‘shak ostiga berkinmoqchi bo‘layotgani xavfsizlik kamerasiga muhrlangan.
Ayollar ijtimoiy tarmoqlarda intim xizmatlar ko‘rsatilishi haqida e’lonlar joylashtirgan. Tintuv chog‘ida ko‘plab shahvoniy mazmundagi materiallar, uyali telefonlar va noqonuniy yo‘li bilan ishlagan pullari olib qo‘yilgan. Hozirda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyada fohishalik qilayotgan 49 o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust