Turkiyada terakt uyushtirishni rejalashtirgan ISHID jangarilari ushlandi

Olam

image

Istanbulda politsiya portlovchi moddalar yordamida terakt tayyorlayotgan ISHID terrorchilik tashkilotining ikki tarafdorini qo‘lga oldi. Bu haqda IHA xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchilardan biri internetdan portlovchi moddalar va bomba yig‘ish yo‘llari haqidagi ma’lumotlarni qidira boshlaganidan so‘ng uni kuzatishni boshlagan. Shundan so‘ng politsiya ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

Turarjoy binolarini tintuv qilish doirasida portlovchi moddalar, bomba yasash uchun kimyoviy moddalar, laboratoriya jihozlari, terrorchilik tashkiloti ramzlari va boshqa materiallar musodara qilingan.

Bildirlishicha, 2021 yilda ISHID a’zoligida ayblanib hibsga olingan ushbu shaxslar 2023 yilda ozodlikka chiqqan. Ularning kvartiralarida vaqt-vaqti bilan portlash tovushlari eshitilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi jazoni ijro etish tizimida terrorchilik hujumini tayyorlaganlikda gumon qilinayotgan shaxsni va uning sheriklarini qo‘lga olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Turkiya terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing