Turkiyada Telegram blokirovka qilinishi mumkin – OAV
Olam
−
12 avgust 2024 3187 1 daqiqa
Turkiya hukumati Telegram’ni mamlakatda messenjer bloklanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Takvim” va “Sabah” gazetalari xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga noqonuniy ma’lumotlarga ega kanallarni yopish talabiga javob berilmagani sabab bo‘lgan. Anqara Telegram’ga 1 mingdan ortiq ogohlantirish yuborgan, biroq javob olmagan. Rasmiylar messenjerda giyohvand moddalarni sotadigan, fohishalik, qimor o‘yinlarini targ‘ib qiladigan va bolalar pornografiyasi aks ettirilgan videolarni tarqatadigan kanallarni aniqladi.
Ma’lumot uchun, Telegram’da Turkiyadan 8 millionga yaqin foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat 10-o‘rinda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida Turkiya Instagram’ni qonunlarni buzgani uchun bloklagan edi. 10 avgust kuni ijtimoiy tarmoqqa kirish tiklandi, chunki tomonlar talablarni bajarish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Maftuna Madaminova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr