Turkiyada tabiiy ofatlar davom etadi: Adana ko‘chalari suv ostida qoldi (video)
Olam
−
22 aprel 2023
7899Turkiyaning Adana viloyatida yog‘gan kuchli yomg‘ir va do‘l selga aylandi. Oqibatda bir nechta ko‘chalar suv ostida qoldi. Bu haqda “TRTHaber” nashri ma’lum qildi.
Keltirilishicha, Adanada shu yilning 21 aprel kuni kechga yaqin vaqtda boshlangan yomg‘ir ta’sirini oshirib, ko‘chalarning ko‘lga aylanishiga sabab bo‘lgan.
Meteorologiya tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Adanada havoning qisman va juda bulutli bo‘lishi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Markaziy Seyhan va Chukurova tumanlarida yomg‘irdan keyin yo‘llarda ko‘lmak paydo bo‘lgan. Suv to‘lgan yo‘llarda haydovchilar transport vositalarini harakatlantirishda qiyinchilikka uchragan.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval 20 aprelda Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida bo‘ron sodir bo‘lib, 40 ga yaqin odam jarohat olgan edi.
LiveBarchasi