Turkiyada suv toshqinlari qurbonlari soni 18 nafarga yetdi (foto)

Olam

image

Joriy yilning 15 mart kuni Turkiyaning janubi-sharqiy Shonliurfa va Adiyaman viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “TRT Haber” nashri xabar berdi.

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu bayonot berib, ikki viloyatda vafot etganlar sonini ma’lum qildi.

“Shonliurfada 16, Adiyamanda 2 kishi hayotdan ko‘z yumdi, sel qurbonlari soni 18 nafarga yetdi”, deydi vazir.

Qayd etilishicha, qidiruv-qutqaruv operatsiyasida yuzga yaqin kishi ishtirok etgan. Qutqaruvchilar suv toshqini oqimi Otaturk suv omboriga olib borishi mumkinligini istisno qilmagan. Operatsiyada g‘avvoslar ham qatnashgan, dronlardan foydalanilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari hali ham davom etmoqda.

Shuningdek, suv toshqinlari nafaqat insonlarning umriga zomin bo‘lgan, balki, ularning yashash joylariga ham katta zarar keltirgan.

“Sel ketdi, balchiq qoldi... Toshqin turar joylarning ikkinchi qavatigacha yetib bordi. Ko‘rpa-to‘shaklar, kiyim-kechaklar loy bilan bitta bo‘ldi. Viloyatlarda tozalash ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Shonliurfa va Adiyaman viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli sodir bo‘lgan suv toshqinlari sababli ushbu hududlardagi barcha maktablarda ta’lim to‘xtatilgan edi. Davlat muassasasi va tashkilotlaridagi homilador hamda nogiron shaxslarga ham mehnat ta’tili berilishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya suv toshqinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing