Turkiyada suv toshqinlari qurbonlari soni 14 nafarga yetdi (foto)

Olam

image

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Shonliurfada 12, Adiyamanda 2 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 5 kishini qidirish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “TRT Haber” nashri xabar berdi.

“Qidiruv ishlarini davom ettiramiz. Zararni aniqlash ishlari darhol boshlandi. Uylar va turar-joylar shikastlangan. Bu yerda sizlarga aytganlarimizni Prezidentimizga ham taqdim etdik, kerakli ko‘rsatmalar oldik”, deydi vazir.

Shuningdek, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vahit Kirishchi ham vaziyat yuzasidan bayonot berib, mazkur hudud joylashuvi ma’lum xavflarga ega ekanini, global iqlim o‘zgarishi oldindan hisobga olinayotganini aytib o‘tgan.

“2 kun ichida Shonliurfada yog‘ingarchilik o‘rtacha ikki barobardan ko‘proq kuzatildi. Bu favqulodda holat. Shanliurfani o‘z ichiga olgan bu geografiya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nuqtai nazaridan strategik ahamiyatga ega. Yetishtirilayotgan mahsulotlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga eng kam zarar yetkazadigan tarzda chora-tadbirlarimizni ko‘rishga harakat qilmoqdamiz”, deydi Kirishchi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Shonliurfa va Adiyaman viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli sodir bo‘lgan suv toshqinlari sababli viloyatdagi barcha maktablarda ta’lim to‘xtatilgan edi. Davlat muassasasi va tashkilotlaridagi homilador hamda nogiron shaxslarga ham mehnat ta’tili berilishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya suv toshqini halok bo'lganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made