Turkiyada suv toshqini oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi (foto+video)

Olam

image

Turkiyaning Shonliurfa va Adiyaman viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “TRT Haber” nashri xabar berdi.

Halok bo‘lganlarning 4 nafari Shonliurfada va 1 nafari esa Adiyamanda qayd etilgan. Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu, kuchli yomg‘ir ta’sir qilgan Adiyamanning Tut tumanida bedarak yo‘qolganlarni topish harakatlarini o‘rganib chiqib, guruhlardan olingan ma’lumotlarni ochiqladi. 

“Afsuski, kechasi boshlangan kuchli yomg‘ir suv toshqiniga aylandi. 4 nafar fuqaromiz sel suvida qolib ketdi, ulardan biri 1,5 yoshli bola. Afsuski, bir kishi olamdan o‘tdi. Qidiruv-qutqaruv guruhlarimiz buni aniqladi. Hozirda 163 kishidan iborat 10 ta guruh 25 kilometrlik otryadda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, g‘avvoslar ham bor, ammo ob-havo va sharoit ko‘p narsaga imkon bermayapti”, deydi vazir.

Shonliurfa gubernatori Solih Ayhan, kechadan beri hushyor holatda bo‘lganini, ogohlantirishlar berib chora ko‘rganini, daryolarning toshib ketishi natijasida ko‘plab uylarni suv bosganini aytdi. Ayni damda 4 nafar fuqaroning hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qilgan.

Shonliurfa gubernatorligi, oqim va kanal to‘shaklariga yaqin uylarda yashovchi fuqarolarni evakuatsiya qilishlari haqida ogohlantirdi va zarurat bo‘lmasa, uylarini hamda xavfsiz joylarni tark etmaslik muhimligini bildirdi.

Yomg‘ir tufayli viloyatdagi barcha maktablarda ta’lim to‘xtatilgan. Davlat muassasasi va tashkilotlaridagi homilador hamda nogiron shaxslarga ham mehnat ta’tili berilishi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya suv toshqini Shonliurfa Adiyaman qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing