Turkiya Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni boshlaydi
Olam
−
23 yanvar 2021
4118Turkiyada Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri fondi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyasi bilan vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolagan va texnologiyalarni almashishni boshlagan.
“Yiliga 1 million doza “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish kutilyapti, kelajakda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilyapti. Vaksna Turkiya ichki bozoriga va boshqa davlatlarga yetkazib beriladi”, deyiladi fond xabarida.
Turk kompaniyasi samaradorligi 90 foiz bo‘lgan vaksinaga katta qiziqish bildirgani aytilmoqda.
“Sputnik V” vaksinasi Rossiya, Vengriya, Belarus, Argentina, BAA, Serbiya, Boliviya, Jazoir, Falastin, Venesuela, Paragvay va Turkmanistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
LiveBarchasi