Turkiyada Shvetsiya konsulligiga hujum uyushtirildi
Olam
−
01 avgust 2023
7188Turkiyaning Izmir shahrida noma’lum shaxs Shvetsiya konsulligiga hujum qildi. Bu haqda “Mynet” axborot portali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hujumni amalga oshirgan shaxs Suriya fuqarosi bo‘lgan. U viza olish bilan bog‘liq muammolar tufayli hujum uyushtirgan. Hujum oqibatida konsullikda ishlovchi Turkiya fuqarosi jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish masalasi Turkiya parlamentida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Yaqinda Rajab Toyib Erdo‘g‘an yil yakuniga qadar ushbu mamlakatning alyansga a’zo bo‘lishi masalasi Turkiya Buyuk Millat Majlisida ko‘rib chiqilishini aytgandi. Ammo Shvetsiyada Qur’onning yoqilishi bilan bog‘liq holatlar takrorlanishi bu jarayonning yana cho‘zilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu masalada joriy yilning 30 iyul kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan shvetsiyalik hamkasbi Tobias Billstryom bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Fidan Turkiya Shvetsiyadan musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Qur’onni tahqirlashga qaratilgan harakatlarning oldini olish bo‘yicha aniq qadamlar kutishini aytdi.
LiveBarchasi