Turkiyada sayyohlik avtobusi ag‘darildi. 5 kishi vafot etgan

Olam

image

Bugun, 19 fevral kuni Turkiyada sayyohlik avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda besh kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Haberturk” telekanali ma’lum qildi.

Voqea Oqsaroy – Konya avtomobil yo‘lining 50-kilometrida sodir bo‘lgan. Oqibatda 26 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan. Ular tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Avtobusda 2 haydovchi, 1 gid va 44 yo‘lovchi bo‘lgan. Jarohatlanganlarning 4 nafari og‘ir ahvolda. Konya Bosh prokuraturasi tomonidan qilingan bayonotda aytilishicha, avtobus haydovchilari hibsga olingan. Haydovchilarning uxlab qolgani taxmin qilinmoqda.

Voqea yuzasidan zudlik bilan surishtiruv ishlari boshlab yuborilib, tergov doirasida Bosh prokuror o‘rinbosari ko‘magida jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘rib chiqish va ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha 3 nafar prokuror tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

100

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing