Turkiyada saylov tugadi
Olam
−
14 may 2023
22753Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari yakunlanib, saylov uchastkalari yopildi.
Fuqarolar to‘qqiz soat davomida (soat 8:00 dan 17:00 gacha) kelgusi besh yil davomida mamlakatni boshqaradigan prezidentni va parlamentning 600 nafar deputatini tanladi.
"Hurmatli vakillar va sayyohlar... Ovoz berish jarayoni Xudoga shukur, demokratiyamizga munosib tarzda yakunlandi. Endi, har doimgidek, saylov qutilarini mahkam ushlash vaqti keldi. Natijalar yakunlangunga qadar biz millatimiz irodasini himoya qilishda davom etamiz!" dedi Turkiya Prezidentligi uchun da’vogarlardan biri Erdo‘g‘an.
Oliy saylov komissiyasi (YSK) ma’lumotlariga ko‘ra, 81 viloyatda 190 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatilgan. Turkiyaning 60 million 721 ming 475 nafar aholisi saylov huquqiga ega. Xorijiy saylov uchastkalarida ovoz berish 27 apreldan 9 mayga qadar bo‘lib o‘tgan va unda 1,8 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etgan.
YSK dastlabki natijalarni kechasi e’lon qilishga va’da berdi. Yakuniy natijalar esa 19 may kuni rasmiy gazetada e’lon qilinishi kerak. Agar nomzodlarning hech biri 50 foiz ovoz ololmasa, ikkinchi tur o‘tkaziladi. U 28 mayga belgilangan.
LiveBarchasi