Turkiyada Rossiyaning o‘t o‘chiruvchi samolyoti qulab tushdi (video)

Olam

image

Bugun, 14 avgust kuni Turkiyada Rossiyadan ijaraga olingan “Be-200” o‘t o‘chiruvchi samolyoti qulab tushdi. Voqea aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Videoda samolyotning tepalik ortida g‘oyib bo‘lgani hamda osmonga tutun ko‘tarilgani aks etgan. Qayd etilishicha, samolyot bortida jami 8 kishi bo‘lgan.

“Halokat vaqtida samolyot bortida bo‘lgan Rossiya harbiy xizmatchilaridan besh ekipaj a’zosi va Turkiya Respublikasining uch fuqarosi halok bo‘ldi”, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyulida global iqlim o‘zgarishi va havo haroratining keskin ko‘tarilishi oqibatida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlangandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkan shahar Antaliya bo‘lgandi.

Qayd etish kerakki, Turkiyaga yong‘inga qarshi kurashda Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Ispaniya va Ozarbayjon Prezidentlari texnik va boshqa yordam kuchlarini jo‘natgan edi.

 

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing