“Rosatom” qurayotgan AES fundamentida ikki marta yoriqlar aniqlandi

Olam

image

Turkiya atom energiyasi regulyatori – Turkey’s Atomic Energy Authority (TAEK) “Rosatom” tomonidan qurilayotgan “Oqquyu” atom elektr stansiyasining fundamenti betonida ikki marta yoriqlarni aniqladi. Bu haqda “Haber Turk” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, TAEK birinchi marta o‘tgan yilning iyul oyida fundament betonida yoriqlarni aniqlagan. Keyin “Rosatom” betonni qayta to‘ldirgan, biroq regulyator yangi yoriq topgan. Shundan so‘ng, Rossiya kompaniyasi yana bir bor betonni almashtirgan.

Shu voqeadan keyin, o‘tgan yilning sentyabr oyida “Oqquyu”da yangi pudratchi shirkat ish boshlagan. Ammo o‘shanda pudratchining o‘zgartirilish sababi fundamentdagi yoriqlar ekani aytilmagan.

“Rosatom” vakilining ta’kidlashicha, o‘tgan yili fundamentdagi yoriqlar sinov tarzida to‘ldirilgan beton quymalarida aniqlangan. Shuningdek, xomashyoni tanlash vaqtid yoriqlar paydo bo‘lishi ish jarayonining bir qismi hisoblanar ekan.

“Rosatom” vakili “Oqquyu” AESning birinchi energobloki inshootining fundamentiga beton to‘ldirish ishlari joriy yilning 8 mart kuni yakunlanganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, loyiha ishga tushirilishidan avval mustaqil audit uni o‘rganib, xulosalarini bildiradi. Mustaqil audit sifatida ASSYSTEM fransuz kompaniyasi tanlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda quriladigan birinchi AES ham “Rosatom” kompaniyasi tomonidan barpo etiladi. Ikkita energoblokdan iborat AESning birinchi qismini 2028 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rosatom AES

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing