Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlarida ovoz berish boshlandi

Olam

image

Bugun, 14 may kuni Turkiyaning 81 viloyatida prezidentlik va parlament saylovlari uchun saylov uchastkalari ochildi. Ular mahalliy vaqt bilan 17:00 (Toshkent vaqti bilan 19:00) gacha ishlaydi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, respublika va xorijda jami 191 884 ta saylov qutilari o‘rnatilgan. Ovoz berish yakunlangach, birinchi navbatda prezidentlikka nomzodlar uchun berilgan ovozlar sanab chiqiladi. 64 million Turkiya fuqarosi ovoz berish huquqiga ega.

Aytilishicha, Turkiyaning yirik shaharlarida saylovchilar o‘z saylov huquqidan bexatar foydalana olishlari uchun xavfsizlik choralari sezilarli darajada kuchaytirilgan.

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarida uch nomzod – amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an, muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li va “Ajdodlar” siyosiy alyansi nomzodi Sinan O‘g‘an ishtirok etmoqda. Garchi nomzodlar 3 nafar bo‘lsada, oliy davlat lavozimi uchun asosiy kurash Erdo‘g‘an va Qilichdaro‘g‘li o‘rtasida kechishi kutilmoqda. G‘alaba qozonish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz olish kerak, mahalliy siyosatshunoslar Turkiyada prezidentlik saylovlari ikki turda o‘tkazilishini istisno etmaydi. Bunda ikkinchi tur 28 may kuni bo‘lib o‘tadi. Ko‘pchilik ovozini to‘plagan nomzod esa g‘olib deb e’lon qilinadi.

Parlament saylovi

Turkiyada prezidentlik saylovlari bilan bir qatorda parlament saylovlari ham boshlandi. Ularda 36 ta partiya ishtirok etadi, ularning ba’zilari parlamentda ko‘proq o‘rin olish imkoniyatini oshirish uchun ittifoq tuzgan.

Erdo‘g‘anning 20 yillik rahbariyati va o‘z kuchini his qilgan muxolifat o‘rtasida keskin kurash kechmoqda. 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi 100 yoshga to‘ladi. Bu o‘zining ko‘plab loyihalari va rejalarini aynan shu tadbir uchun rejalashtirgan amaldagi hukumat uchun juda muhim sana. Shuning uchun ham saylovoldi kampaniyalarida keskinlik yuqori bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing