Turkiyada Prezident saylovi kuni ma’lum bo‘ldi. Erdo‘g‘an yana nomzod bo‘la oladimi?

Olam

image

Turkiyada prezidentlik saylovlari 2023 yil 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat Adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘ ma’lum qildi. 

"Turkiyada prezidentlik saylovlari 2023 yilning 18 iyunida bo‘lib o‘tadi. Bu bizning Prezidentimiz [Rajab Toyib Erdo‘g‘an] ishtirok etadigan ikkinchi saylov bo‘ladi", deydi vazir “Milliyat” gazetasiga bergan intervyusida. 

Turkiyada umumiy (prezident va parlament) saylovlar, mahalliy qonunlarga ko‘ra, xuddi shu kunda bo‘lib o‘tadi va dastlab 2023 yilning iyuniga belgilangan edi. Hukmron Xalq alyansi avvalroq ularning yagona nomzodi amaldagi Prezident Erdo‘g‘an bo‘lishini e’lon qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, olti partiyadan tuzilgan muxolifat bloki hozircha o‘z nomzodini ko‘rsatmagan.

Turkiyada vaqti-vaqti bilan kun tartibiga kelgan masala, 2023 yilgi saylovlarda Erdo‘g‘an yana nomzod bo‘lishi mumkinmi, degan munozaralardir. “Saodat” partiyasi raisi Temel Karamollao‘g‘li, saylovlar vaqtida o‘tkazilsa, Prezident nomzod bo‘la olmasligini, lekin parlament saylovni erta o‘tkazishga qaror qilsa, nomzod bo‘lishi mumkinligini aytdi. Vazir Bo‘zdog‘ bunga shunday izoh berdi:

“Prezidentimiz nomzodi uchun hech qanday Konstitutsiyaviy yoki huquqiy to‘siq yo‘q. Bu fikrni bildirganlar Konstitutsiya va qonun o‘rniga o‘z talqinlarini qo‘yib, aytganlari ko‘rib chiqish uchun payt poylashyapti. Nimadir juda noto‘g‘ri. Chunki Konstitutsiya va qonun normalari odamlarning izohlari o‘zgartirilmaydi, o‘zgartirib bo‘lmaydi. 

Konstitutsiyamizda Prezident saylovini tartibga soluvchi 101-modda va parlament saylovini tartibga soluvchi tegishli moddalar mavjud. Prezident saylovi va parlament saylovlari yangi tizimda birga, bir kunda o‘tkaziladi. Ularning bajarilishini tartibga soluvchi band ham mavjud”.

Muxolifat avvalroq Turkiyaning amaldagi Prezidenti saylovlarda qatnasha olmasligini, chunki bu uning uchinchi muddati bo‘lishini aytgan edi. Adliya vazirligi rahbari bo‘lajak prezidentlik saylovlari Erdo‘g‘an uchun Turkiya 2018 yilda parlament boshqaruvidan prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tganidan keyingi ikkinchi saylov bo‘lishini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

246

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing